NASOS STANSIYALARINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI SUN’IY NEYRON TARMOQLARI ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH
Ключевые слова:
nasos stansiyasi, energiya samaradorligi, energiya tejamkorligi, sun’iy neyron tarmoqlari, ko‘p qatlamli perseptron, MLP, nasos agregati, energiya sarfi, avtomatlashtirilgan boshqaruv, real vaqt monitoringi.Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy elektr energetika tizimlarining muhim tarkibiy qismi hisoblangan nasos stansiyalarida energiya resurslaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Nasos agregatlarining yuqori miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilishi ularning ish rejimlarini takomillashtirish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan samarali usullarni ishlab chiqishni taqozo etadi. Tadqiqotda nasos stansiyalarining texnik va ishchi parametrlarini tahlil qilish, mavjud holatni baholash hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishda sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Neyron tarmoqlari asosidagi yondashuv nasoslarning optimal ish rejimini aniqlash, energiya sarfini kamaytirish va qurilmalarning umumiy samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan. Taklif etilayotgan yondashuv elektr energetika tizimlarida energiya tejamkorligini ta’minlash hamda nasos stansiyalarini samarali boshqarish uchun istiqbolli yechim sifatida baholangan.
Библиографические ссылки
1. Goodfellow, I., Bengio, Y., & Courville, A. (2016). Deep learning. MIT Press.
2. Haykin, S. (2009). Neural networks and learning machines (3rd ed.). Pearson.
3. Rumelhart, D. E., Hinton, G. E., & Williams, R. J. (1986). Learning representations by back-propagating errors. Nature, 323(6088), 533–536. https://doi.org/10.1038/323533a0
4. Baxtiyorovna, E. D., Alisherovna, F. N., & Jurayeva, U. O. N. (2024). Properties of electron and neutron therapy. Web of Medicine: Journal of Medicine, Practice and Nursing, 2(10), 137–141.