POSTINDUSTRIAL TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK KATEGORIYALARI, MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Kalit so‘zlar:
oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiyot nazariyasi, tizimli yondashuv, takror ishlab chiqarish, iqtisodiy munosabatlar, mexanizmlarni loyihalash nazariyasi, indikatorlar, demografik bosim.Annotatsiya
Maqolada global noaniqliklar, iqlim o‘zgarishlari va logistika zanjirlarining uzilishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, sohani strategik boshqarishda ishlatiladigan tizimli yondashuvlar, mezonlar va indikatorlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida oziq-ovqat xavfsizligi fenomeni takror ishlab chiqarish va iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida baholanib, sohadagi axborot nomutanosibligi va bozor kon’yunkturasining noaniqligini kamaytirishning nazariy modeli ishlab chiqilgan. Xalqaro tashkilotlar (FAO) va Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi (GFSI) metodologiyalari qiyosiy o‘rganilib, oxirgi besh yillik (2021–2025 yy.) makroiqtisodiy tendensiyalari asosida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun demografik va ekologik bosim indikatorlarini integratsiyalash zarurati asoslangan.
Yuklab olishlar
Nashr etilgan
Versiyalar
- 2026-11-02 (2)
- 2026-11-01 (1)