HUDUDLARDA BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA “YASHIL” TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Kalit so‘zlar:
“yashil” texnologiyalar, barqaror iqtisodiy o‘sish, hududiy “yashil” transformatsiya, “yashil” moliya, uglerodsizlantirish, institutsional mexanizm, ekologik modernizatsiyaAnnotatsiya
Iqlim o‘zgarishi, resurslar taqchilligi va hududlar rivojlanishidagi tafovutlar
kuchayib borayotgan sharoitda hududlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda “yashil”
texnologiyalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish dolzarb ilmiy
va amaliy masalaga aylanmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi xorijiy va Rossiya Federatsiyasi
olimlarining mavzuga eng yaqin ilmiy ishlari hamda O‘zbekiston Respublikasining tegishli
normativ-huquqiy hujjatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida hududiy “yashil” transformatsiyani
tezlashtiruvchi institutsional-iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli
adabiyotlar sharhi, qiyosiy tahlil, sintez va konseptual modellashtirish usullaridan foydalanildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “yashil” texnologiyalar barqaror iqtisodiy o‘sishga bevosita emas, balki
institutsional sifat, “yashil” moliya, innovatsion salohiyat, talabni rag‘batlantiruvchi vositalar
hamda monitoring tizimi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot yakunida hududiy differensiallashuvni
hisobga oluvchi, moliyalashtirish, loyiha portfeli, infratuzilma, kompetensiyalar, talab va qayta
aloqa elementlarini birlashtirgan oltita bo‘g‘inli mexanizm taklif etildi. Mazkur yondashuv
O‘zbekiston sharoitida hududiy rivojlanish dasturlarini takomillashtirish, “yashil”
investitsiyalarni yo‘naltirish va amaliy boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish uchun
uslubiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Manbalar
Li, H., Liu, J., & Wang, H. (2024). Impact of green technology innovation on the quality of regional economic development. International Review of Economics & Finance, 93(B), 463–476. https://doi.org/10.1016/j.iref.2024.05.017
Hunjra, A. I., Zhao, S., Tan, Y., Bouri, E., & Liu, X. (2024). How do green innovations promote regional green total factor productivity? Multidimensional analysis of heterogeneity, spatiality and nonlinearity. Journal of Cleaner Production, 467, Article 142935. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2024.142935
Cheng, P., Wang, X., Choi, B., & Huan, X. (2023). Green finance, international technology spillover and green technology innovation: A new perspective of regional innovation capability. Sustainability, 15(2), Article 1112. https://doi.org/10.3390/su15021112
Li, L., Ma, X., Ma, S., & Gao, F. (2024). Role of green finance in regional heterogeneous green innovation: Evidence from China. Humanities and Social Sciences Communications, 11, Article 1011. https://doi.org/10.1057/s41599-024-03517-0
Zhang, J., Tang, H., & Bao, M. (2022). Can environmental protection policies promote regional innovation efficiency: A difference-in-differences approach with continuous treatment. Environmental Science and Pollution Research. https://doi.org/10.1007/s11356-022-22280-w
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ–4477-son Qaror, 4-oktabr 2019-yil). https://lex.uz/uz/docs/-4539502
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida (PF–158-son Farmon, 11-sentabr 2023-yil). https://lex.uz/docs/-6600413
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025). “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida (PF–16-son Farmon, 30-yanvar 2025-yil). https://lex.uz/uz/docs/-7369703
Морозова, О. Ю. (2024). «Зеленые» технологии: состояние и перспективы развития в России. International Journal of Humanities and Natural Sciences, 7–3(94). https://doi.org/10.24412/2500-1000-2024-7-3-169-174